Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga quruq havo chiqishi boshlanadi
Harorat deyarli 40 darajagacha ko‘tariladi.

Dam olish kunlari respublika hududiga janubdan quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi, asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, deb xabar beradi O‘zgidromet matbuot xizmati.
13 iyun kuni kunduzi 33-35°, dam olish kunlari 36-38° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42° gacha ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35° atrofida, dam olish kunlari 36-38° bo‘ladi.
Izohlar