O‘zbekiston

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz juda iliq ob-havo saqlanib turadi

Mamlakat shimolida shamol kuchayishi mumkin.

Фото: ситуативное

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha juda iliq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

10 oktyabr kuni ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 23-28° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 29-30° gacha ko‘tariladi. Eng iliq kun shanba bo‘ladi, bunda havo harorati kunduzi 28-30° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 32° gacha ko‘tariladi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

10-11 oktyabrda shimolda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 10 oktyabrda 24-26°, 11 oktyabrda kechasi 10-12°, kunduzi 26-28°, 12 oktyabrda kechasi 12-14°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная