Dam olish kunlari havo harorati yanayam salqinlashadi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Buning hisobiga beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
25-oktyabrda kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
26-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoliy hududlar bo‘yicha kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
27-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati kunduzi 26-oktyabrda 13-15 daraja, 27-oktyabrda 17-19 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
Toshkentda 26-oktyabr kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 7-10 daraja, kunduz kunlari 26-oktyabrda 12-14 daraja, 27-oktyabrda 17-19 daraja bo‘ladi.