Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinganlar tabiatga 183 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi o‘zanidan qum-shag‘al qazib olinishi ortidan tabiatga 183 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi muhofaza mintaqasidan texnika vositalari yordamida qum-shag‘al qazib olinayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.
Holat sabab Vazirlar Mahkamasining “Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi 666-sonli qaroriga asosan tabiatga 183 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Maxsus texnika vositalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi tegishli bandiga asosan vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun hujjatlar Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi