8 Yanvar 2025, 15:04 Oʻzbekiston

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Tosh maydalash sexi noqonuniy tarzda Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olishi oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Chirchiq daryosi hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.Q. daryodan 1 dona Volvo ekskavator hamda Howo yuk mashinasi yordamida tabiiy qum-shag‘al qazilib, “S.Q.M” MChJ tosh maydalash sexiga tashib olib ketayotgani aniqlandi.

Ushbu qonunbuzarlik natijasida tabiatga 674 mlrd 48 mln 699 ming 520 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

Mashhur yangiliklar