6 Dekabr 2024, 14:28 Oʻzbekiston

Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyatida otga minib, daryoni kechib o‘tayotgan erkak o‘zan o‘rtasidagi orolchada qolib ketdi.

Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Chirchiq daryosining Qibray tumanidan o‘tgan hududidagi orolchada qolib ketgan erkak FVB yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari tomonidan qutqarildi.

Ma’lum qilinishicha, 5-dekabr kuni soat 16:07 da daryoning Qipchoq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismi o‘rtasidagi orolchada fuqaro qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Chirchiq yong‘in-qutqaruv otryadidan qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan. Qutqaruv qayig‘i hamda maxsus anjomlar yordamida fuqaro daryodagi orolchadan olib chiqilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Fuqaro otga minib olgan holda daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga o‘tayotgan vaqtida otning oyog‘i toyib, yiqilib tushgan va daryoda oqib ketgan. Shundan so‘ng daryo o‘rtasidagi orolchaga chiqib olgan. Ot o‘z harakatlari bilan qirg‘oqqa chiqib olgan.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi shifokorlar tomonidan malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, yashash uyiga ruxsat berilgan, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar