O‘zbekiston

ChatGPT diniy masalalar bo‘yicha maslahat bera oladimi? Musulmonlar idorasining javobi

Platforma faqatgina taxminiy javoblar bera oladi.

ChatGPT diniy masalalar bo‘yicha maslahat bera oladimi? Musulmonlar idorasining javobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazida diniy masalalarda maslahat olish uchun ChatGPTdan foydalanish mumkinligi, shariat masalalari bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qilish kerakligi tushuntirildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, platforma ba’zi sohalarda foyda keltiradi, ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga qodir emas. Bundan tashqari, ba’zan savollarga taxminiy, hatto arabcha iboralar bilan javob berib, bu savol ma’lum bir adabiyotda borligini aytishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar u keltirgan adabiyotlarda ham, boshqa fiqhiy manbalarda ham uchramaydi.

“Shuning uchun ulamolar va mutaxassislarga murojaat qilib, shariat masalalariga yechim topish zarur”, — deya xulosa qildi Musulmonlar idorasi Fatvo markazi.

Eslatib o‘tamiz, Musulmonlar idorasi tomonidan Din sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasi ma’qullangandi. Organ bunday qonunlar xalq birligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ma’lum qildi.

Izohlar

Mavzuga oid