Changli shamol va biroz yomg‘ir: 9-iyul uchun ob-havo
Sinoptiklar sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi.

9-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esishi kutilmoqda, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 36-41° bo‘ladi. - Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatning o‘nlab hududlarida sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi.
Izohlar