Changli shamol va biroz yomg‘ir: 10-iyul uchun ob-havo
Haroratning biroz pasayishi kutilmoqda.

10-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmasligi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 32-34° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Avvalroq Toshkentda chang bo‘ronlari kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Ungacha ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.
Izohlar