Changli issiq shamol: 12-avgust uchun ob-havo
Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

12-avgust kuni O‘zbekistonda 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 34-39°;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 14-19°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Avvalroq joriy haftada o‘zbekistonliklarni issiqning pasayishi va shamolning kuchayishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izohlar