O‘zbekiston

Chang va shamol: 2-iyun uchun ob-havo

Ayrim hududlarda havo harorati 38 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Chang va shamol: 2-iyun uchun ob-havo

2-iyun kuni O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 30-32° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° issiq;
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Farg‘ona viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda bulutlar o‘zgaruvchan, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.

Izohlar

Mavzuga oid