O‘zbekiston

Chang va issiq: 21-iyun uchun ob-havo

Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Chang va issiq: 21-iyun uchun ob-havo

21-iyun kuni O‘zbekistonda havo issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esadi, tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 37-39° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° iliq;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° iliq;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
  • Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi havo harorati 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Avvalroq dam olish kunlari issiq havo O‘zbekistonga qaytishi haqida xabar berilgandi. Havo harorati yana 40 darajadan yuqori ko‘tariladi.

Izohlar

Mavzuga oid