O‘zbekiston

Centrum Air Samarqand—Vladivostok tarixiy reysini yo‘lga qo‘ydi

Parvozlar Airbus A320 laynerlarida haftada bir marta amalga oshiriladi.

Centrum Air Samarqand—Vladivostok tarixiy reysini yo‘lga qo‘ydi

2025-yil 23-iyun kuni Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston va Rossiyaning asosiy shaharlari o‘rtasidagi parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirgan holda Samarqand—Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Bu tarixiy reys – ilgari hech bir O‘zbekiston aviakompaniyasi ushbu shaharlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini amalga oshirmagan. Yangi yo‘nalish Primore o‘lkasi va O‘zbekiston o‘rtasida muhim havo yo‘lagini ochib, ishbilarmonlik, sayyohlik va gumanitar sayohatlar uchun yanada qulay sharoitlarni ta’minlaydi.

Parvozlar zamonaviy va qulay Airbus A320 laynerlarida haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Vladivostok aeroportida Rossiya Federatsiyasi Turizm vaziri va Transport vazirligi, O‘zbekiston konsulligi vakillari, shuningdek, Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyakoning ko‘magida birinchi reysni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning mintaqaviy sheriklikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil noyabr oyida Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi. Tashrif chog‘ida hududlararo hamkorlikni, jumladan, transport va turizm yo‘nalishidagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Izohlar

Mavzuga oid