Buxorodagi xonadonda gaz portladi
FVBga ko‘ra, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi aholi xonadonlaridan birida gaz portladi.
Viloyat FVBning xabar qilishicha, holat 12-fevral kuni soat 18:00 atrofida tumanning Guliston mahallasidagi uylardan birida sodir bo‘lgan. IIBdan olingan xabarga ko‘ra, voqea joyiga soat 22:00 atrofida viloyat FVB va G‘ijduvon tuman IIB mas’ul rahbarlari hamda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Hodisa gaz sizib chiqib to‘planishi hamda chiroq yoqilishi oqibatida havo gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘lgan. Portlashdan so‘ng yong‘in yuzaga kelmagan, deyiladi xabarda.
Videoda bir kishi portlash sodir bo‘lishidan oldin uy yonidan o‘tib ketayotgani, yana bir kishi yonayotgan holda xonadondan yugurib chiqqanini ko‘rish mumkin.
FVB matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Toshkentdagi uylardan birida gaz portladi Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi
Soʻnggi yangiliklar







