Buxorodagi tug‘uruqxonada 33 yoshli ayol vafot etdi
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Tarmoqlarda rafiqasi tug‘uruqxonada vafot etgan erkak murojaati tarqaldi. Murojaatdan keyin Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, marhuma Sud tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilgan va o‘lim sababi qog‘onoq suvi emboliyasi deb topilgan.
Keltirilishicha, O.Z. 1992-yil Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. Ayol 2024-yil 12-dekabr soat 21:50 da Buxoro viloyati perinatal markaziga qabul qilingan. Bemor kuchli shamollash alomatlari: yo‘tal, tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvi ketishi, umumiy holsizlik holatida bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, bemorda homiladorlik kamqonlik fonida kechgan. Homiladorlikning 14 haftalik muddatida jigar exinokokki tashxisi bilan operativ davolangan.
“Tug‘uruq davomida ayolda kerakli barcha klinik laborator, instrumental tekshiruvlar o‘tkazilgan. Konsilium asosida standartlarga ko‘ra kerakli davo buyurilgan, kuzatuv davom ettirilgan. Ayolda tug‘uruq milliy standart asosida olib borilgan, operativ tug‘uruqqa ko‘rsatma bo‘lmagan”, deyiladi munosabatda.
Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan Buxoro davlat tibbiyot institutining professor-mutaxassislari ishtirokida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida muhokama qilingan. Tibbiy hujjatlar yuritilishida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 2 xodimga o‘rtacha oylik maoshidan 30 foiz jarima qo‘llanib, boshqa bo‘limga rotatsiya qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







