Buxorodagi maktab-internatida o‘qituvchi ruhiy nosog‘lom bolaga qaychi bilan tahdid qilgani aytilmoqdani
Buxorodagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘qituvchi ruhiy nogiron o‘quvchini urgani va unga qaychi bilan tahdid qilgani aytilmoqda
Bolalar ombudsmani matbuot xizmatining xabar berishicha, ombudsman kotibiyatiga Buxoro shahrida yashovchi E.N. (erkak)ning murojaati kelib tushgan.
Unda maʼlum qilinishicha, E.N. o‘z murojaatida Buxoro shahridagi ixtisoslashtirilgan 27-sonli maktab-internatining o‘qituvchisi H.N. (ayol) ruhiy jihatdan nogiron bo‘lgan 1-sinf o‘quvchisi O.K.ga kuch ishlatib, unga ruhiy bosim o‘tkazganini, u o‘quvchini qo‘lidan tortib yerga sudragani va urganini hamda sinf xonasidagi qaychi bilan tahdid qilib, uning yuz qismiga tiraganini bildirgan.
Murojaatda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bergan murojaatining ko‘rib chiqilishi natijasi yuzasidan xabar berilmaganini bildirib, bolaga qilingan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik harakatlari uchun H.N.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.
Ta’kidlanishicha, bolalar ombudsmani tomonidan bolaga nisbatan bunday zo‘ravonlik holatini har tomonlama o‘rganish yuzasidan ichki ishlar va prokuratura organlari hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga so‘rov yuborilgan, hozirda holat o‘rganilmoqda.
Jumladan, holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda tok urishi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi Buxoroda yuz bergan ayanchli YTH yuzasidan maʼlumot berildi Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi Buxoroda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi