14 Yanvar 2025, 08:17 •Oʻzbekiston
Buxoroda zilzila sodir boʻldi
Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubiy-gʻarbda joylashgan, uning magnitudasi 4 ga teng.

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida 4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 14-yanvar kuni soat 05:43da (Grinvich boʻyicha 00:43da) zilzila sodir boʻldi. Yer silkinishi epitsentri Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan. Zilzilaning koordinatalari esa 40,28 gradus shimoliy kenglik, 63,07 gradus sharqiy uzunlikda ekani keltirilgan.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Respublika hududida sezilish kuchi:
- Peshkoʻ tumanida 2 ball, 44 km;
- Qorakoʻl tumanida 2 ball, 56 km.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi
18 Fevral 2025, 11:23
Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor
18 Fevral 2025, 10:48
Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda
18 Fevral 2025, 10:15
Chilonzor tumanida “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi
18 Fevral 2025, 09:40
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18 Fevral 2025, 08:53
O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbarlar saylandi
18 Fevral 2025, 08:17
18-fevral kuni ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi
18 Fevral 2025, 07:35
Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 nafar bola qutqarildi
17 Fevral 2025, 19:08