14 Yanvar 2025, 08:17 •Oʻzbekiston
Buxoroda zilzila sodir boʻldi
Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubiy-gʻarbda joylashgan, uning magnitudasi 4 ga teng.
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida 4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 14-yanvar kuni soat 05:43da (Grinvich boʻyicha 00:43da) zilzila sodir boʻldi. Yer silkinishi epitsentri Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan. Zilzilaning koordinatalari esa 40,28 gradus shimoliy kenglik, 63,07 gradus sharqiy uzunlikda ekani keltirilgan.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Respublika hududida sezilish kuchi:
- Peshkoʻ tumanida 2 ball, 44 km;
- Qorakoʻl tumanida 2 ball, 56 km.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Samarqandda 8-sinf qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi
15 Yanvar 2025, 19:16Aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi
15 Yanvar 2025, 18:35Samarqandda narkojinoyatchilar uzoq yilga qamaldi
15 Yanvar 2025, 17:57UzAirways samolyotida parvoz vaqtida nosozlik kuzatildi
15 Yanvar 2025, 17:19Andijon tumani sobiq hokimi yana rahbarlik lavozimini egalladi
15 Yanvar 2025, 16:43Toshkent viloyatida 700 dan ortiq bug‘u shohlari kontrabandasiga chek qo‘yildi
15 Yanvar 2025, 16:07Ikki hududda qo‘lbola alkogolni sotuvga qo‘yganlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
15 Yanvar 2025, 15:34O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
15 Yanvar 2025, 14:58