Buxoroda “saksovulfurush”lar inspektorlar mashinasiga zarar yetkazdi
Buxoro viloyatida saksovul kesib, uni olib qochib ketayotganlar Ekologiya inspektorlarining xizmat mashinasiga zarar yetkazdi

Buxoro viloyatida noqonuniy saksovul kesish bilan shug‘ullanganlar aniqlandi. Ular o‘zlarini ta’qib qilgan inspektorlarning mashinasiga shikast yetkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Olot tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan cho‘l hududida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Reyd davomida 3 nafar fuqaro “UAZ” avtomashinasida saksovul o‘simliklarini olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan. Inspektorlar huquqbuzarlarni to‘xtatishga harakat qilishganida ular qarshilik ko‘rsatib, inspektorlar boshqaruvidagi xizmat avtomashinasiga qasddan shikast yetkazishgan hamda voqea joyidan qochib ketishgan.
Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borilib, prokuratura tomonidan ish qo‘zg‘atildi va yig‘ilgan hujjatlar sudga taqdim etildi.
Tuman sudi tomonidan mazkur holat ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) asosan 3 nafar fuqaroga 41 million 625 ming so‘m zarar va jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, xizmat mashinasiga 6 million so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi va to‘liq undirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi
Soʻnggi yangiliklar







