13 Avgust 2024, 19:00 •Oʻzbekiston
Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlaganlar qamaldi
Buxoro viloyatida Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlagan to‘rt nafar fuqaroga sud tomonidan jazo tayinlandi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu fuqarolar 2023-yil 16-dekabrida Og‘itma ko‘lidan Qizil kitobga kiritilgan 12 dona Turkiston mo‘ylovdori, 7 dona tovonbaliq, 17 dona zog‘ora hamda 1 dona moybaliqni taqiqlangan usulda, ya’ni to‘r yordamida ovlagan.
Natijada tabiatga 292 million 162 ming so‘m zarar yetkazilgan va hujjatlar sudga taqdim etilgan.
Holat yuzasidan uch nafar huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismi bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Yana bir huquqbuzar Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismining “g”, “e”, “j” bandlari bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent dengizida baliq ovlaganlar tabiatga 41 mln so‘m zarar yetkazdi Buxoroda tok urishi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi Buxoroda yuz bergan ayanchli YTH yuzasidan maʼlumot berildi Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi Navoiyda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 6,3 mlrd zarar yetkazdi
Soʻnggi yangiliklar
Nukusdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi
8 Oktabr 2024, 19:24Qashqadaryoda dehqon xo‘jaligi uchun berilgan yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
8 Oktabr 2024, 18:41Toshkent aeroportida sogʻligʻi yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi
8 Oktabr 2024, 18:02Nursulton Ro‘ziboyevning UFC’dagi jangi bekor qilindi
8 Oktabr 2024, 17:28Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi
8 Oktabr 2024, 16:45Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Jon Xopfild va Jeffri Xintonga nasib qildi
8 Oktabr 2024, 16:10O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi
8 Oktabr 2024, 15:32Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi
8 Oktabr 2024, 14:32