Buxoroda qizchasining tanasiga qizigan kapgir bosgan onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ona o‘z qiziga tan jarohati yetkazdi. Holat yuzidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida holat 25 oktyabr kuni sodir bo‘lgani aniqlangan. 1990 yilda tug‘ilgan M.J. 2015 yilda tug‘ilgan qizi B.A.ning qo‘l va yuz qismiga oshxonada qizigan kapgirni bosgan. Oqibatda B.A.ga tan jarohati yetkazilgan.
Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan onaga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida 339 mln so‘mlik energiya resurslaridan noquniy foydalanildi Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi Uch hududda “valyutchik”lar ushlandi Samarqandda 600 dollar evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi