2 Iyul 2024, 18:18 Oʻzbekiston

Buxoroda qariyb 10 yildan beri aliment toʻlamay yashirin yurgan erkak buvisining uyidan topildi

Hozirda qarzdorga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun tegishli sudga yuborilib, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.

Buxoroda qariyb 10 yildan beri aliment toʻlamay yashirin yurgan erkak buvisining uyidan topildi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida qariyb 10 yildan beri aliment toʻlamay yashirin yurgan erkak buvisining uyidan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, byuroning Gʻijduvon tuman boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻijduvon tumanlararo sudning 2015-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor J.A.dan undiruvchi G.R. foydasiga ikki nafar farzandi taʼminoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjatida aliment toʻlovlari oyma-oy toʻlov qilinishi belgilangan boʻlsada, qarzdor yashash uyidan chiqib ketib, toʻlovlarni vaqtida toʻlamagani sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Qarzdor 11 yil Rossiyada boʻlib, qaytib kelgach Gʻijduvon tumanida buvisining xonadonida yashirinib yurgan.

Boshqarmaning qidiruv shoʻbasi tomonidan olib borilgan tadbirda qarzdor topilib, tegishli chora koʻrish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan. Qarzdor otaning aliment toʻlovlaridan boʻlgan qarzi qayta hisob-kitob qilinganda 2024-yil holatida 130,6 million soʻmni tashkil qildi.

Mashhur yangiliklar