23 Avgust 2024, 14:30 Oʻzbekiston

Buxoroda oilasiga zo‘ravonlik qilib kelgan erkak qamaldi

Buxoro viloyatida ayolini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan, farzandini esa uydan haydab yuborgan erkakka nisbatan jazo tayinlandi.

Buxoroda oilasiga zo‘ravonlik qilib kelgan erkak qamaldi

Buxoro viloyatida bola o‘z otasi onasini o‘ldirish bilan tahdid qilgani, akasini esa uydan haydab yuborganini aytib, bolalar ombudsmanidan himoya so‘radi.

Murojaatda aytilishicha, u o‘z murojaatida oilasida faqat onasi doimiy ishda ishlashi, otasi rasmiy ish bilan band emasligi, faqat vaqti-vaqti bilan mavsumiy ishlab, topgan puliga har kuni spirtli ichimlik ichishini, yarim kechasi uyga kelib janjal qilishini, oila a’zolarini haqoratli so‘zlar bilan so‘kishi va urishini bildirgan.

Bolaga ko‘ra, otasi onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, akasini esa uydan haydab yuborgan. Onasi maishiy zo‘ravonlik tufayli himoya orderi olganini, lekin otasi himoya orderi talablariga rioya qilmayotganini bildirib, o‘zini, onasi va akasini otasining ruhiy va jismoniy zo‘ravonligidan himoya qilishni so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yuborgan so‘rovi asosida voyaga yetmagan bolaning oilasi, yashash sharoiti va bugungi kundagi ahvoli o‘rganildi.

Tekshiruv davomida murojaatdagi vajlar o‘z tasdig‘ini topib, joriy yilning 14-avgust kuni onasiga otasi tomonidan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazilishini oldini olish maqsadida berilgan himoya orderining talablariga rioya etish nazoratga olindi.

Jumladan, G‘.N. tuman sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga, A.O‘.ning otasi spirtli ichimlikka ruju qo‘ygani yuzasidan sud qaroriga asosan majburiy davolanishga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi. Ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqqanidan so‘ng G‘.N. majburiy davolanishga joylashtirish choralari ko‘riladi.

Mashhur yangiliklar