15 Fevral 2025, 16:35 Oʻzbekiston

Buxoroda mashinasiga boshqa raqam o‘ratib olgan haydovchi 145 marta qoida buzdi

Mashina va uning egasi 10-fevral kuni Buxoro shahrida ushlangan. Transport vositasi jarima maydoniga qoʻyilgan.

Buxoroda mashinasiga boshqa raqam o‘ratib olgan haydovchi 145 marta qoida buzdi

Buxoroda mashinasining davlat raqam belgisini oʻzgartirib boshqarib yurgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati YHXB matbuot xizmati rahbari Ulugʻbek Shukurullayev xabar berdi.

Maʻlum qilinishicha, viloyatning Vobkent tumanida yashovchi shaxs oʻzining “Mitsubishi” mashinasiga taqilgan Rossiyaga tegishli davlat raqam belgisini oʻzgartirib, yuqori tezlikda harakatlanib yurgan. U boshqa bir davlat raqami belgisining hududga tegishliligini bildiruvchi 116 RUS qismini kesib olib, oʻzining Ye 116 AS 702 RUS davlat raqamining 702 RUS qismiga oʻrnatib yurgan.

Haydovchi ayni shu tariqa harakatlanib yurib tezlikni oshirgani uchun 145-marta radarga tushgan. Shundan soʻng mashina qidiruvga berilgan. Uning jarimalari miqdori 89 mln 147 ming soʻmga yetgan.

Mashina va uning egasi 10-fevral kuni Buxoro shahrida ushlangan. Mashina jarima maydoniga qoʻyilgan.

Mashhur yangiliklar