3 Oktabr 2024, 09:38 Oʻzbekiston

Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi

Maktab o‘quvchilarining o‘limi bilan bog‘liq navbatdagi YTH Qorako‘l tumanida yuz berdi.

Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida maktab o‘quvchilarining o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, YTH kecha, 2 oktyabr kuni erta tongda, soat taxminan 5:00-6:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Tumanning Tojikent mahallasida yashovchi, hududdagi 27-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari ekani aytilayotgan ikki qiz repetitorga ketayotganida ularni mashina urib yuborgan.

Oqibatda o‘quvchi qizlarning ikkisi ham vafot etgan. YTHda qizlarning halok bo‘lganini va ular Tojikent mahallasidan ekanini ushbu mahalla raisi tasdiqlagan.

Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari holatdan xabari yo‘qligini, boshqarma mas’ullari bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan haligacha rasmiy munosabat berilgani yo‘q.

Mashhur yangiliklar