31 Iyul 2024, 17:43 •Oʻzbekiston
Buxoroda korxona 345 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Shofirkon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona 345 mln so‘m zarar yetkazdi.
Buxoroda suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan MCHJ 345 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Unga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Shofirkon tumanida joylashgan “SH.H.G.S.S.” MCHJga qarashli bo‘lgan suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 345 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi Buxoroda kadastr muhandisi 3000 dollar pora bilan qo‘lga olindi Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi Andijonda “avtomoyka” 286 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08