Buxoroda kadastr muhandisi 3000 dollar pora bilan qo‘lga olindi
Buxoro shahrida o‘zganing yerini olib berish evaziga fuqarodan 3000 dollar pora olgan kadastrchi ushlandi.
Buxoroda tadbirkorning binosidan foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan kadastr muhandisi ushlandi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tashkilotning Buxoro shahri bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali yetakchi muhandisi M.S. ushlangan.
Aniqlanishicha, u fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, tumandagi “Bo‘zachi” MFY hududida joylashgan tadbirkor J.S.ga tegishli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyekti binosini Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazish va foydalanish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan. U xizmati evaziga 3000 dollar olgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda tok urishi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi Navoiyda o‘zganing qariyb 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi Buxoroda yuz bergan ayanchli YTH yuzasidan maʼlumot berildi Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi Fuqaroni aylanma yoʻl bilan AQShga yuborish evaziga 14 ming dollar olganlar ushlandi