Buxoroda gaz portlashi orqibatida 2 kishi vafot etdi
Buxoro viloyatidagi xonadonda gaz portlashi ortidan er-xotin vafot etdi, ularning 2 qizi jarohatlandi

Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida yuz bergan gaz portlashi oqibatida oilaning 6 nafar a’zosidan 4 nafari kuyish jarohatini olgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati jarohatlanganlarning 2 nafari vafot etganini ma’lum qildi.
Keltirilishicha, 17-noyabr tonggida soat 5:30 atrofida xonadonning yotoqxonasida is gazi chiqib, uning oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Xonada bo‘lgan 4 nafar fuqaro yong‘indan jabrlangan. Erkak va uning ayoli hamda ularning 2 nafar voyaga yetmagan qizi tuman tez tibbiy yordam markaziga murojaat qilgan.
41 yoshli ota va ona kuyish jarohatini olib, vafot etdi. Qizlarning holati qoniqarli deya baholanmoqda. Kun.uz xabariga ko‘ra, 2 nafar o‘g‘il jabrlanmagan.
Bosh prokuratura holat yuzasidan 22-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkmanistondan olib kirilgan 115 tonna dizel fosh etildi Buxorodagi xonadonda sher bolasi noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi Buxoroda Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi Buxoroda suv ta’minoti mansabdori ushlandi Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi
Soʻnggi yangiliklar







