Buxoroda gaz portlashi orqibatida 2 kishi vafot etdi
Buxoro viloyatidagi xonadonda gaz portlashi ortidan er-xotin vafot etdi, ularning 2 qizi jarohatlandi
Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida yuz bergan gaz portlashi oqibatida oilaning 6 nafar a’zosidan 4 nafari kuyish jarohatini olgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati jarohatlanganlarning 2 nafari vafot etganini ma’lum qildi.
Keltirilishicha, 17-noyabr tonggida soat 5:30 atrofida xonadonning yotoqxonasida is gazi chiqib, uning oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Xonada bo‘lgan 4 nafar fuqaro yong‘indan jabrlangan. Erkak va uning ayoli hamda ularning 2 nafar voyaga yetmagan qizi tuman tez tibbiy yordam markaziga murojaat qilgan.
41 yoshli ota va ona kuyish jarohatini olib, vafot etdi. Qizlarning holati qoniqarli deya baholanmoqda. Kun.uz xabariga ko‘ra, 2 nafar o‘g‘il jabrlanmagan.
Bosh prokuratura holat yuzasidan 22-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Buxoroning ikki tumaniga yangi rahbarlar keldi Buxoroda YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi Buxoroda yigitining ishqiy mazmundagi videosini tarqatish bilan qo‘rqitgan qiz ushlandi 4 ta metan zapravka 18 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi