Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
Sud unga insonparvarlik tamoyillari asosida shartli hukm chiqardi.
Buxoro viloyatida 37 yoshli erkak xotiniga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 16-aprel kuni soat 20:00 larda 1987-yil Gʻijduvon tumani Oqrabot qishlogʻida tugʻilgan Gʻ.A. (ismi oʻzgartirildi) uyida turmush oʻrtogʻi bilan tortishib qolgan va metall dastali boltaning tigʻ qismi bilan uning bosh va orqa bel sohasiga qasddan urib, ogʻir shikast yetkazgan.
Mazkur ish yuzasidan koʻrilgan sudda Gʻ.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-modda (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) 7-qismi “j” bandi bilan 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Biroq, sud jabrlanuvchining daʼvosi yoʻqligini, Gʻ.A. qilmishiga pushaymonligini, jabrlanuvchi bilan yarashib, voyaga yetmagan toʻrt nafar farzandlarni tarbiyalab kelayotganligini, oilada yagona boquvchiligini, qolaversa, uning qaramogʻida qariya kasalmand onasi borligini, Gʻijduvon tumani Oqrabot mahalla fuqarolar yigʻinining kafolat xatini eʼtiborga olgan holda Jinoyat kodeksining 72-moddasini (shartli hukm qilish) qoʻllab, shartli hukm qilinib, 2-yil sinov muddati belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi Buxoroda kadastr muhandisi 3000 dollar pora bilan qo‘lga olindi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi Buxoroda bir tup daraxtga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi