Buxoroda erkak xotinini bolta bilan jarohatladi
G‘ijduvon tumanida er xotinini bolta bilan urib, unga tan jarohati yetkazdi.

2024-yilning 16-aprel kuni soat 20:00 larda 1987-yil G‘ijduvon tumani Oqrabot qishlog‘ida tug‘ilgan G‘ayrat (ismi o‘zgartirildi) uyida turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi. Natijada metall dastali boltaning tig‘ qismi bilan rafiqasining bosh va orqa bel sohasiga qasddan urib, unga og‘ir shikast yetkazadi. Bu haqda Buxoro viloyati sudlari axborot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, erining pushaymonligini ko‘rgan ayol uni kechirib, u bilan yarashadi, hatto da’vo ham qilmaydi.
Sud G‘ayratga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 7-qismi “j” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Biroq sud jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini, u qilmishiga pushaymonligini, jabrlanuvchi bilan yarashib, voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandlarni tarbiyalab kelayotganligini, oilada yagona boquvchiligini, qolaversa, uning qaramog‘ida qariya kasalmand onasi borligini va G‘ijduvon tumani “Oqrabot” mahalla fuqarolar yig‘inining kafolat xatini e’tiborga oldi, deyiladi sud axborotida.
Insonparvarlik tamoyillari asosidagi sud erkakka Jinoyat kodeksining 72-moddasini (shartli hukm qilish) qo‘llab, shartli hukm qilinib, 2 yil sinov muddati belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi
Soʻnggi yangiliklar







