Buxoroda bitta daraxt kesgan fuqaro 100 tup daraxt ekadigan bo‘ldi
Huquqbuzar fuqaroga nisbatan 9 mln so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Buxoro viloyatining Jondor tumanida1 tup daraxt kesgan fuqaroga 100 tup manzarali daraxt ekish majburiyati yuklatildi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, fuqaro J.Sh. o‘zi yashaydigan mahalla hududidan 1 tup manzarali daraxtni qurigan deb, o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan.
Ushbu holat yuzasidan daraxtni kesgan fuqaroning mahalladoshlari Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlariga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qoldirgan. Murojaatni olgan tuman inspektorlari aytilgan manzilga borib, qurigan deb kesilgan daraxtni maxsus o‘lchovchi asbob (vlagamer) yordamida o‘lchaganda daraxt qurimagani aniqlangan.
Huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 9 million 180 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Shuningdek, 1 tup daraxt o‘rniga kuz mavsumida 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish hamda 3 yil parvarish qilish bo‘yicha kafolat xati olindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 40 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi Yangiyo‘lda 5 tup daraxt kesgan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkentda qoida buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi Markaziy bank 7 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi