Buxoroda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida Buxoroning baʼzi mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Bunda:
Buxoro shahar S.Boxarziy, Mutal Burhonov mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun, 21-noyabr soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Gʻijduvon tuman Gʻovshun, Saidkent, Biyosin, Tarxanon, Xatcha, Oʻzanon, Mazragon, Mahalla Mirzayon mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 325 mmli oʻrta bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun, 21-noyabr soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Qorovulbozor tuman Choʻlquvar mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 40 mmli past bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun, 21-noyabr soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Buxoroda Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi Andijonda 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Buxoroda suv ta’minoti mansabdori ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







