Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda
Kogon-Buxoro avtomobil yo‘lida rekonstruksiya tufayli 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon-Buxoro avtomobil yo‘lida daraxtlar kesilayotgani haqidagi videolavhalar tarqaldi.
Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtoyo‘lining 218−228 km (20 km) qismini rekonstruksiya qilish doirasida 1824 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘sh maydonlarga ko‘chirib o‘tqazish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berdi.
Bu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi (VMQ-464) qarori bilan tasdiqlangan daraxtlar va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tqazish yoki kompensatsiyaviy ekish tartibiga muvofiq amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, qurilayotgan “Boqiy Buxoro” sayyohlik markazi va “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘iga allaqachon 151 tup daraxt ko‘chirib o‘tqazilgan. Qolgan daraxtlarni ko‘chirish ishlari ham davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi Farg‘onada 2 tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi
Soʻnggi yangiliklar







