O‘zbekiston

Buxoro viloyatiga 24 ta yangi avtobus olib kelindi

Transportlar allaqachon Xitoydan kelgan.

Buxoro viloyatiga Xitoydan yangi avtobuslar xarid qilinib, yo‘nalishlarda qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Progress Mega Trans kompaniyasi Xitoyning Zhongtong Bus Holding Co kompaniyasi bilan 24 ta zamonaviy avtobus sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Bugungi kunga qadar barcha avtobuslar olib kelindi. Shu munosabat bilan shahar faollari va jamoatchilik vakillari ishtirokida avtobuslarni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Yangi harakat tarkibi tez orada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan. Yo‘nalishda zamonaviy turistik avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная