18 Fevral 2025, 18:32 Oʻzbekiston

Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Buxoro va Jizzax viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Unga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘ijduvon tumanida joylashgan “M.T.” fermer xo‘jaligida 2 ta suv nasos qurilmasi elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 182,1 million so‘mlik zarar yetgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘allaorol tumanida joylashgan “B.F.E.” xususiy korxonasiga qarashli kompyuter o‘yinlari shoxobchasida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 184,1 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar