15 Avgust 2024, 09:41 Oʻzbekiston

Buxoro va Farg‘onada “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Buxoro shahri va Farg‘ona viloyatida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Buxoro va Farg‘onada “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Buxoro shahri va Farg‘ona viloyatining Kosonsoy tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.X. fuqaro M.H.dan jami 5 ming dollarni 62,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi, departamentning Kosonsoy tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.U. va SH.X. fuqaro F.T.ga jami 3 200 dollarni 40,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar