Buxoro qorovul maktabda fohishaxona tashkil qildi
Shofirkon tumanidagi maktabda fohishaxona tashkil qilgan qorovulga hukm o‘qildi.
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi maktabda fohishaxona tashkil qilgan qorovulga sud hukmi o‘qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, qorovul tumandagi 38-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi sport zalining yechinish xonasidan shu maqsadda foydalanib kelgan.
Savrak qishlog‘ida yashovchi 62 yoshli fuqaro o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan Sh.H. ismli ayol bilan telefon orqali muloqotda bo‘lib, o‘zi qorovullik qilib kelayotgan maktab sport zalining yechinish xonasida u va uning mijozi uchun sharoit yaratib berishini va’da qilgan.
Shu kuni soat 20:00 larda maktabga kelgan ayol va erkak ishqiy munosabatda bo‘lish uchun ularga joy topib bergan qorovulga 60 ming so‘m xizmat haqi bergan. Qorovul esa va’dasiga ko‘ra, ularga jinsiy aloqa qilishlari uchun sport zalining kiyim almashtirish uchun mo‘ljallangan xonasini ko‘rsatgan. Pulni olgan qorovul ularni hech kim ko‘rib qolmasligi uchun qo‘riqlab turish maqsadida tashqariga chiqqan. Oradan biroz vaqt o‘tib, Shofirkon tumani IIB tezkor xodimlari voqea joyiga yetib kelgan.
Shofirkon tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tuman hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarning oldini olish va bunga qarshi kurashish tadbirida qorovulning siri fosh bo‘lgan. Uning xatti-harakatlari o‘rganilib, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sudga oshirilgan.
Ochiq sud majlisida o‘z qilmishlarini tan olgan va xatti-harakatlariga to‘la iqror bo‘lgan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan bir yilga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorazmda o‘quvchining onasi va o‘qituvchi janjallashdi Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchi bilan janjallashdi Toshkentda mushukka beshafqatlik qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shadi Toshkentdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi Qoraqalpogʻistonda 1-sinf oʻquvchisi darsdan juda qoʻpol tarzda olib ketildi