Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi
Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2025-2026 o‘quv yilidan:
- Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
- Universitet professor-o‘qituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;
- yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
2026 yil 1 yanvardan Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







