16 Yanvar 2025, 08:17 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifi sharafiga Burj Xalifa Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkandi.

Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi sharafiga Dubaydagi dunyoning eng baland binosi – Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti Abu-Dabi shahrida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar hamda ushbu mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan, Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.

Mashhur yangiliklar