O‘zbekiston

Bulutli, yog‘ingarchiliksiz: 8-sentyabr uchun ob-havo

Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonda 8-sentyabr kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechasi 18-20°, kunduzi 30-32° bo‘ladi, shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°;
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida — quruq va ochiq, sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 17–22°, kunduzi 33–38° bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • Respublikaning tog‘li hududlarida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная