Bulutli va yomg‘irli: 29-oktyabr uchun ob-havo
Tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

29-oktyabr kuni O‘zbekistonda havo sovib ketishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 20-22° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Qashqadaryoda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
- tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Avvalroq hafta davomida o‘zbekistonliklar havo sovib ketishidan oldin isinishga ulgurishi haqida xabar berilgandi. Ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.
Izohlar