Bugun ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi
Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
“O‘zgidromet” 2 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.