29 Oktabr 2024, 07:22 Oʻzbekiston

Bugun ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Bugun ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin

“Oʻzgidromet” 29-oktyabr, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Mashhur yangiliklar