Bolalarni bogʻchaga joylashtirish soddalashtirildi
Yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuboriladi va shu kod asosida bola bogʻchaga qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik toʻsiqlar qisqartirilganligi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirishni yanada soddalashtirishga qaratilgan tartiblar ham bor.
Jumladan, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinadi.
Fuqarolarga yoʻllanma olish uchun berilgan soʻrovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda oʻzgartirish imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yoʻllanma oʻz kuchida qoladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi Bog‘chada kobralar bilan tomosha ko‘rsatilishiga aloqador shaxslarga chora ko‘rildi Bog‘chada bolalarga zaharli ilonlar bilan tomosha ko‘rsatildi Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi 1 mlrd so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalangan bog‘cha fosh etildi
Soʻnggi yangiliklar







