Bolalarni bogʻchaga joylashtirish soddalashtirildi
Yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuboriladi va shu kod asosida bola bogʻchaga qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik toʻsiqlar qisqartirilganligi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirishni yanada soddalashtirishga qaratilgan tartiblar ham bor.
Jumladan, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinadi.
Fuqarolarga yoʻllanma olish uchun berilgan soʻrovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda oʻzgartirish imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yoʻllanma oʻz kuchida qoladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi bog‘chada bola ayollar kiyimini kiyib, raqsga tushishga majburlandi Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin O‘zbekistondagi bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi O‘zbekistonda bog‘cha direktori lavozimiga nomzod ko‘rsatishning yangi tartibi joriy qilinadi