Bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekistonda bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Senatning 20-sentyabrdagi yalpi majlisida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirish ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 1261-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash normasi bilan to‘ldirilmoqda.
Amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi.
Shuningdek, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilinmoqda.
Yaʼni oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bo‘yicha ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat ishni sudda ko‘rish jarayonida, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirishidan oldin berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik 14 bola vatanga qaytarildi Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi Rossiyada qarovsiz qolgan 9 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar O‘zbekistonga olib kelindi Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlariga ishga olinadi