Bog‘chada kobralar bilan tomosha ko‘rsatilishiga aloqador shaxslarga chora ko‘rildi
Hozirda holat ichki ishlar organlari tomonidan ham toʻliq nazoratga olingan.

Bogʻchada bolalarga kobra bilan tomosha koʻrsatilgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasining maʻlum qilishicha, holat Piskent tumanidagi 7-sonli bogʻchada sodir boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda maktabgacha taʻlim muassasasida tarbiyalanuvchilarga hozirda noyob, Qizil kitobga kiritilgan Oʻrta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilgani va bunda bogʻcha maʻmuriyati tomonidan bolalarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizlik choralari taʻminlanmagani aks etgan.
Tomoshalar Olmaliq shahar “Kumush diyor” xususiy korxonasi tasarrufidagi “Toshkent” havaskorlik sirk jamoasi xodimi H.A. tomonidan uyushtirilgan. Mazkur shaxs oʻquv yili avvalida tuman maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimiga taʻlim tizimidagi muassasalarga sirk tomoshalarini namoyish qilish boʻyicha xat va dastur bilan murojaat qilgan. Masʻullar tomonidan ushbu tomoshalarga ruxsat berilgan.
Namoyishlar dasturida hayvonlar bilan sahna koʻrinishlari koʻrsatilmagan. H.A. 16-yanvar kuni tumandagi 7-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida bolalarning hayoti va sogʻligi uchun xavfli boʻlgan jonzotlar bilan oʻyin koʻrsatgan.
“Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borildi. Ishchi guruh xulosasi bilan holatga bevosita masʼul boʻlgan, eʼtiborsizlik qilgan shaxslarga nisbatan chora koʻrildi”, deyiladi munosabatda.
Taʼkidlanishicha, ichki ishlar organlari tomonidan ham mazkur holat toʻliq nazoratga olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatidagi bog‘chada kobralar bilan tomosha ko‘rsatganlar jarimaga tortildi Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi Bog‘chada bolalarga zaharli ilonlar bilan tomosha ko‘rsatildi Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi 1 mlrd so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalangan bog‘cha fosh etildi
Soʻnggi yangiliklar







