9 Avgust 2024, 18:45 •Oʻzbekiston
Boʻrijar kanalidan nomaʼlum erkakning murdasi topildi
Hozirda hodisa joyiga IIV va FVV xodimlari yetib borib, surishtiruv ishlarini boshlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi kanallarning biridan nomaʼlum erkakning jasadi topilgani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi. Unda aytilishicha, murda bugun, 9-avgust kuni soat 16:00 larda Chilonzor tumani hududidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanalidan topilgan.
NOVA24 holat yuzasidan maʼlumot olish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bogʻlanganida, u “hozircha maʼlumot yoʻq, keyinchalik (aniqlashtirilganidan soʻng), xabar beraman”, deb javob berdi.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, jasad anhor boʻylab oqib kelgan, suv atrofida boʻlgan kishilarni uni koʻrib qolgan. Ayni vaqtda hodisa joyiga IIV va FVV xodimlari yetib kelib, surishtiruv ishlarini boshladi. Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
YIning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z vazifasiga kirishdi
11 Sentabr 2024, 19:26O‘tgan 7 oyda salkam 765 mingta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi
11 Sentabr 2024, 18:21Oʻzbekistonda qoramollarda yuqumli kasallik avj olgani haqida xabarlar tarqaldi
11 Sentabr 2024, 17:37Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi
11 Sentabr 2024, 16:53Qirgʻiziston Prezidenti oʻzbekistonlik boks murabbiyiga Tracker sovgʻa qildi
11 Sentabr 2024, 16:18Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi
11 Sentabr 2024, 15:40Termizdagi “zapravka”larga vaqtincha gaz yetkazib berilmaydi
11 Sentabr 2024, 15:03Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi
11 Sentabr 2024, 14:33