Boʻrijar kanalidan murdasi topilgan erkakning shaxsi aniqlandi
U 4-avgust kuni Toshkent shahridagi yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Toshkent shahrida bedarak yoʻqolgan 73 yoshli erkakning murdasi Boʻrijar kanalidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, kecha, 9-avgust kuni soat 15:30 larda Chilonzor tuman IIO FMBga xabar kelib tushgan. Unga koʻra, Toshkent shahar Seul koʻchasi boʻylab oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanalining qirgʻogʻidan 1951-yilda tugʻilgan Sh.A.ning jasadi tan jarohatlarisiz topilgan.
Aniqlanishicha, 4-avgust kuni marhumning oila aʼzolari Shayxontohur tuman IIO FMBga u oʻsha kuni yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib ketgani va qaytib kelmagani boʻyicha xabar bergan boʻlgan.
Hayot Shamsutdinovning qoʻshimcha qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda yuk mashinasi haydovchisi vafot etdi Toshkentda Lacetti va skuter toʻqnashdi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Toshkent jamoat transportida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi 1 oyga yopiladi